Toyota yana dunyoning eng qimmat avtomobil brendi sifatida tan olindi
Brand Finance Global 500 reytingida Apple birinchi o'rinda qolmoqda
Brand Finance Global 500 reytingiga ko'ra, Tesla o'z pozitsiyasini yo'qotishda davom etmoqda.
2023 yilda kompaniya 9-o'rinni egallagan va Toyota hamda Mercedes-Benzni ortda qoldirgan edi. Ammo 2024-yilda Tesla 18-o'ringa tushib ketdi, 2025-yilda esa 36-o'rinni egalladi.
Pasayish sabablari:
- raqobatchilarning ta'siri: ayniqsa, Xitoyning BYD kompaniyasi katta raqobat kuchini namoyish etmoqda;
- obro' masalalari: Ilon Maskning qarorlari va bayonotlari Tesla brendiga nisbatan salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.
Toyota 18-o'rinni egallab, avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida yetakchilikni saqlab qoldi. Keyingi o'rinlarda Mercedes-Benz (23-o'rin), Hyundai (29-o'rin) va BMW (37-o'rin) joylashgan.
Brand Finance Global 500 reytingida Apple birinchi o'rinda qolmoqda, uning bahosi $574,5 mlrdni tashkil etadi. Umumiy brend qiymati esa 10% ga o'sib, $9,5 trlnga yetdi.