BannerMobile banner
Yangiliklar

Qurbon hayiti kuni Toshkentdagi barcha masjidlar atrofidagi ko'chalar yopiladi

05.06.2025 / 11:00

6 iyun, Qurbon hayiti kuni Toshkent shahridagi 122 ta masjid atrofidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Blog image

Qurbon hayiti munosabati bilan 6 iyun kuni Toshkent shahrining 122 ta masjidi atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.


Poytaxt IIBB matbuot xizmatiga ko‘ra, harakat cheklovlari 00:00 dan 08:00 gacha amal qiladi — aynan shu vaqt oralig‘ida shahardagi masjidlarda hayit namozlari boshlanadi.


Chora-tadbirlar fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash va diniy marosimlarni osoyishta o‘tkazish maqsadida joriy etilmoqda.


Harakat cheklovlari poytaxtning barcha tumanlariga taalluqlidir. Jumladan:

 • Mirzo Ulug‘bek tumani: “To‘ra buva” masjidi atrofida;

 • Olmazor tumani: “Islomobod”, “Hazrati Imom”, “Do‘stjonboy” masjidlari yonida;

 • Shayxontohur tumani: “Shayx Zayniddin”, “Xo‘ja Alambardor”, “Ko‘h Ota” masjidlari yaqinida;

 • Chilonzor: “Novza”, “Ubay ibn Ka’b” va boshqa masjidlar atrofida;

 • Yunusobod: “Minor” va “Mirzo Yusuf” masjidlari atrofida;

 • Shuningdek, Bektemir, Uchtepa, Sergeli, Mirobod, Yashnobod, Yakkasaroy tumanlaridagi masjidlar atrofidagi yo‘llar ham yopiladi.


Bundan tashqari, namozgohlarga olib boruvchi asosiy ko‘chalarda ham harakat cheklanishi mumkin.


Haydovchilardan yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirish va iloji boricha aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner