BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkent markazida elektr samokatlar va velosipedlar yonib ketdi

30.05.2025 / 06:06

Mutaxassislar yong‘inni zudlik bilan bartaraf etgan.

Blog image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi "Moviy gumbazlar" bog‘ida elektrosamokat va velosipedlar yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan shahar FVB izoh berdi.


Mirobod tumani Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 25-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida 30-may kuni soat 08:03 da xabar kelib tushgan.


Voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da yetib borgan. Olov ikki daqiqadan so‘ng o‘chirildi.


Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, mutaxassislar yong‘in sababi va zarar miqdorini aniqlamoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner