O‘zbekistonga $213 mln’lik avtomobillar import qilindi
11.06.2025 / 10:31Mamlakatga olib kelingan avtomobillar soni 12 mingdan oshdi.

Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra, yanvar-aprel oylarida mamlakatga jami 12 071 dona yengil avtomobil olib kirilgan.
Importning katta qismi Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi — u yerdan 9 904 dona mashina keltirilgan. Ikkinchi o‘rinda Janubiy Koreya — 1 714 dona avtomobil.
Qolgan davlatlardan olib kelingan avtomobillar soni:
• Hindiston — 168 dona;
• Yaponiya — 97 dona;
• AQSH — 41 dona;
• Boshqa mamlakatlar — 147 dona.