Banner
Yangiliklar

Yangi Geely Galaxy Starship L7 ning debyuti bo‘lib o‘tdi

04.11.2024 / 07:54

Zamonaviy va texnologik dizaynga ega yangi Geely Galaxy liniyasi taqdim etildi.

Blog image

Geely Galaxy L7 — zamonaviy va texnologik dizaynga ega yangi Galaxy liniyasidagi krossoverni taqdim etdi.


Old bamperning yon tomonlaridagi ventilyatsiya teshiklari va kapotdagi kuchli chiziqlar unga dinamiklik va kuch bag‘ishlaydi. Yon tomondan kuzov chizig‘i old qismining sport uslubini davom ettiradi, tekis tom chizig‘i esa orqa yo‘lovchilar uchun kengroq joy yaratadi.



Model o‘lchamlari: 4 740 mm x 1 905 mm x 1 685 mm, g‘ildirak bazasi — 2 755 mm. Salonda T-shaklidagi minimal markaziy konsol mavjud. Jihozlar ichida ikki spiksali rul, raqamli asboblar paneli, katta multimedia ekrani bor. 


Geely Galaxy L7 Thor EM-i gibrid tizimini qo‘llaydi, 1,5 litrli 82 kVt quvvatli dvigatel va 46,5% samaradorlikka ega. 19,09 kVt/soat va 28,94 kVt/soat sig‘imli batareyasi bilan elektr yurish zaxirasi 101 km va 150 km ni tashkil etadi, to‘liq quvvatlanish va yonilg‘i bilan umumiy yurish zaxirasi esa — 1 430 km.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner