2024-yilda harakat xavfsizligi qoidalarini buzgan uch mingdan ortiq haydovchi sud qilindi
29.04.2025 / 08:30Sudlanganlarning 917 nafari ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan.

2024-yilda O‘zbekistonda harakat xavfsizligi yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzganligi (Jinoyat kodeksining 266-moddasi) uchun 3 321 nafar haydovchi sudlangan.
Sudlanganlarning 917 nafari ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan, 2 404 nafari esa ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga tortilgan.
Joriy yilning birinchi choragida esa JKning 266-moddasi bo‘yicha jami 891 nafar haydovchi sudlangan. Ulardan 173 nafari ozodlikdan mahrum etilgan, 718 nafari esa boshqa jazo turlariga hukm qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda mamlakatda 9 364 ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan, ularda 2 203 kishi halok bo‘lgan va 8 901 kishi tan jarohati olgan.