BannerMobile banner
Yangiliklar

Jetour T1 2025-yilgi Shanxay avtosalonida taqdim qilindi

07.05.2025 / 07:28

Jetour T1 2025-yilgi Shanxay avtosalonida debyut qildi: yengil yo‘ltanlamas krossoverlar segmentida yangi yo‘nalish bo‘lib, butun dunyo e’tiborini o’ziga qaratdi.

Blog image

2025-yil 23-apreldan 2-maygacha Shanxaydagi Milliy ko‘rgazma markazida 21-Xalqaro avtomobil ko‘rgazmasi bo‘lib o'tdi. Avtomobil innovatsiyalari sohasida yetakchi Xitoy brendi sifatida Jetour kompaniyasi ko‘rgazmada o‘zining yangi yengil yo‘ltanlamas krossoveri — T1 modelini hamda so‘nggi texnologik yutuqlarini taqdim etdi. Mahsulot sifati va innovatsion texnik yechimlari bilan Jetour sanoat mutaxassislari, xalqaro OAV vakillari va butun dunyo avtohavaskorlari tomonidan yuqori baholandi. Jetour stendida O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan asosiy bozorlardan yuzdan ortiq sohaviy OAV vakillari ushbu strategik modelning dunyo miqyosidagi debyutiga guvoh bo‘lish uchun yig‘ildi.



Strategik rivojlanish: Markaziy Osiyo bozoriga urg‘u bergan holda global hamkorlikni chuqurlashtirish


Avtosalon ochilishi arafasida Jetour kompaniyasi yillik biznes uchrashuvi va davra suhbatini o‘tkazdi. Unda xalqaro miqyosdagi kengayish rejalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy o‘yinchi sifatida alohida e’tiborga loyiq deb topildi. Uchrashuv ishtirokchilari mintaqada sifatli va arzon krossoverlarga bo‘lgan ortib borayotgan talabni qondirish uchun aniq choralarni belgilab oldilar.Bugungi kunga kelib, Jetour brendi 67 ta mamlakat va mintaqalarda faoliyat yuritadi hamda 2000 dan ortiq dilerlik va servis markazlariga ega. 2024-yilda kompaniya 560 mingdan ortiq avtomobil sotdi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 80,3 foizga ko‘p bo‘lib, Xitoy avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichidir. Brend tashkil etilganidan buyon olti yil ichida jami 1,62 million avtomobil sotilgan, butun dunyo bo‘ylab muxlislar soni esa 50 milliondan oshdi. “Yengil yo‘ltanlamas krossover” sifatida pozitsiyalangan T1 modeli jahon bozorlarining, jumladan, O‘zbekistonning ham turli ehtiyojlariga javob beradi.



Kuchli xususiyatlar: T1'ning har tomonlama imkoniyatlari yangi standartlarni belgilamoqda


T1 modelining eng asosiy jihati — uning ajoyib dinamikasi bo‘ldi: u 2,0 litrli turbomotor va 8 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Avtomobil aqlli XWD to‘liq harakatlantiruvchi tizimga ega bo‘lib, sport, tejamkor, standart hamda qor, qum, loy va toshli hududlar uchun mo‘ljallangan yettita haydash rejimini taklif etadi. O‘zbekistonlik avtomobil OAV vakillari test-drayvdan so‘ng T1 shaharda ham, murakkab yo‘ltanlamas yo‘llarda ham o‘zini birdek yaxshi tutishini ta’kidlashdi, bu esa uning chinakam universal imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Xavfsizlik borasida T1 innovatsion karkasli kuzov tuzilmasidan foydalanadi, uning 85 foizi yuqori mustahkamlikdagi po‘latdan iborat. Lazerli payvandlash esa mustahkamlik va ishonchlilikni ta’minlaydi. Salon ichidagi aqlli texnologiyalar ham hayratlanarli: 15,6 dyuymli markaziy ekran, 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli, zamonaviy TOUR OS 2.0 operatsion tizimi va kuchli 8155 chipi barcha funksiyalarning silliq va intuitiv ishlashini ta’minlaydi.T1 dizayni dag'allik va nafislikni o‘zida uyg‘unlashtirgan: uchta gorizontal chiziqli brendga xos radiator panjarasi, matritsali LED faralar, salonning yuqori sifatli alkantra bilan bezatilgani — bularning barchasi kuch va uslubni birdek ta’kidlaydi.


Bozorni rivojlantirish: mahsulotlar qatorini kengaytirish


Ta’kidlash joizki, Jetour T2 modeli “yo‘ltanlamas krossoverlar” segmentida BAA, Saudiya Arabistoni, Iroq va Qatar bozorlarida allaqachon sezilarli muvaffaqiyatga erishib, yuqori raqobatbardoshligini namoyon etdi.Yangi modelning O‘zbekiston bozoriga chiqarilishi Jetour uchun muhim qadam bo‘lib, mahsulot sifati va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochadi. T1 va boshqa yangi modellarning taqdimoti orqali kompaniya model qatorini kengaytirishni, zamonaviy, sifatli va qulay transport yechimlarini taklif etishni hamda bozorga bo‘lgan mavqeini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.


Kelajak: mahalliylashtirish jarayonini tezlashtirish


Jetour O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda. Xususan, bozorda Jetour T1 modelining 1.5T (DCT) va 2.0T (8AT) benzinli versiyalari, shuningdek, DM gibrid modifikatsiyasi taqdim etiladi. Bundan tashqari, mintaqada dilerlik va servis markazlari tarmog‘ini kengaytirish rejalashtirilgan. Avtosalonda ishtirok etish O‘zbekiston OAV bilan aloqalarni mustahkamladi hamda mahalliy iste’molchilarga ilg‘or avtomobil texnologiyalari va keng model tanloviga yo‘l ochdi.


Aloqa uchun: +998 78 120 00 11


O‘zbekistonning rasmiy dilerlik markazlari manzillari:

  • Jetour Toshkent – Toshkent shahri, Sergeli tumani, "Bunyodobod" MFG,  Yangi Sergeli ko‘chasi, 10-uy;
  • Jetour Buxoro – Buxoro shahri, Gazli Shoh ko‘chasi, 500-uy;
  • Jetour Samarqand – Samarqand aylana yo‘li, Yangiarik mahallasi;
  • Jetour Farg‘ona – Farg‘ona shahri, Temir Yo‘l ko‘chasi, 41-uy;
  • Jetour Namangan – Namangan shahri, Kosonsoy ko‘chasi, 1-uy (mo‘ljal — yangi bozor);
  • Jetour Andijon – Andijon shahri, Amir Temur ko‘chasi, 5-uy;
  • Jetour Xorazm – Xorazm viloyati, Urganch shahri, Sanoatchilar ko‘chasi, 2-uy.
Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner