Mashina yuvgani uchun 4 mln so‘mlik jarimaga tortildi
10.04.2025 / 07:47Shlang bilan yuvgani uchun 4 mln so‘mga jarima yozildi.

Yunusobod tumanida yashovchi fuqaroga mashinasini ichimlik suvidan foydalangan holda shlang bilan yuvgani uchun deyarli 4 mln so‘m jarima yozildi. Bu holat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 163-moddasi asosida rasmiylashtirilgan.
Endilikda bu kabi qoidabuzarliklarga ogohlantirishsiz jarima qo‘llanmoqda. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha jiddiy nazoratni boshlaganini bildirgan. Bunday harakatlar uchun endi muntazam jazolash boshlanishidan darak beradi.