General Motors Nvidia bilan hamkorlik qiladi
20.03.2025 / 05:57Besh yil ichida ushbu tizim kompaniyaga yiliga $2 mlrd daromad olib kelishi mumkin.

Amerikaning General Motors (GM) avtomobil konserni Nvidia kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Ular avtomobillar uchun avtonom boshqaruv texnologiyalarini yaratish va zavodlarning ish jarayonlarini optimallashtirishni rejalashtirgan.
Reuters xabariga ko‘ra, GM Nvidia'ning chip va dasturiy ta’minotidan haydovchiga yordam beruvchi tizimlar va sun’iy intellekt modellarini o‘rgatish uchun foydalanadi. Shuningdek, GM kelajakdagi avtomobillarida Nvidia texnologiyalarini qo‘llash orqali Super Cruise kabi haydovchiga yordam beruvchi tizimlarni takomillashtirmoqchi.
Super Cruise dastlab uch yil davomida bepul bo‘ladi, keyin esa obuna orqali oyiga $25 yoki yiliga $250 ga foydalanish mumkin bo‘ladi. GM hisob-kitoblariga ko‘ra, kelgusi besh yil ichida ushbu tizim kompaniyaga yiliga $2 mlrd daromad olib kelishi mumkin.
Toyota, Hyundai, BYD, Mercedes-Benz va Rivian kabi boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar ham Nvidia bilan hamkorlik qilib, Tesla bilan raqobatlashish uchun avtonom tizimlarini ishlab chiqmoqdalar.