GM mashinalaridan mashhur funksiyani olib tashlaydi
19.03.2025 / 06:04Funksiyalar faqat Cadillac Lyriq, GMC Hummer EV, Chevy Silverado EV va Chevy BrightDrop’da CarPlay va Android Auto saqlanib qoladi.

General Motors elektromobillarida Apple CarPlay va Android Auto’dan voz kechmoqda. Tadqiqotlarga ko‘ra, xaridorlarning 88% ushbu funksiyalar yo‘qligi sababli GM avtomobillarini xarid qilishdan voz kechishi mumkin.
Avval White Automotive GM avtomobillari uchun maxsus adapter ishlab chiqarib kelgan, ammo yaqinda u ishlab chiqarishni to‘xtatdi. 2025-yil model qatorida faqat Cadillac Lyriq, GMC Hummer EV, Chevy Silverado EV va Chevy BrightDrop’da CarPlay va Android Auto saqlanib qoladi. Biroq GMC Sierra EV ushbu funksiyalardan mahrum bo‘lgan, chunki u Silverado EV WT versiyasiga ega emas.