2025-yilning eng yaxshi elektromobilli e’lon qilindi
08.04.2025 / 10:52Renault 5 Opel Corsa va Volvo EX30 kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirdi.

2025-yilgi EV van het Jaar mukofoti natijalariga ko‘ra, Renault 5 o‘rtacha toifadagi eng yaxshi elektromobil deb topildi. Mazkur tanlov AutoWeek kabi nufuzli nashrlar va LeasePlan lizing kompaniyasi hamkorligida o‘tkaziladi. Renault bu yilgi baholashda ikki yo‘nalishda g‘alaba qozonib, e’tiborni o‘ziga qaratdi.
Mukofot hay’ati elektromobillarni to'qqizta mezon asosida baholadi: yurish masofasi, zaryadlash tezligi, narxi, qulayligi, boshqaruv sifati, sotuv hajmi va boshqa muhim jihatlar.
Renault 5 Opel Corsa va Volvo EX30 kabi kuchli raqiblarni ortda qoldirib, narx va texnologiyaning muvaffaqiyatli uyg‘unligi bilan ajralib turdi. Yuqori toifadagi g‘olib esa Renault Megane E-Tech Electric bo‘lib, Volkswagen ID.3 va Cupra Born modellari ustidan ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mukofot doirasida boshqa toifalarda ham e’tiborli g‘oliblar aniqlandi: premium sinfda Tesla Model 3 yetakchilikni saqlab qoldi, yuqori segmentda esa Xitoyning Zeekr 001 modeli Volkswagen ID.7 va BMW i5’ni ortda qoldirib, kutilmagan yutuqqa erishdi. 2025-yilning istiqbolli modeli sifatida esa Hyundai Inster tan olindi.