O‘zbekistonda bir oyda 590 mingdan ortiq YHXQ buzilishi aniqlandi
20.05.2025 / 08:4748 mingdan ortiq haydovchi hujjatlarsiz transport boshqargan.

2024-yil 15-apreldan 15-maygacha ichki ishlar organlari tomonidan “Xavfsiz va sog‘lom mamlakat” nomli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida:
- 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etildi;
- 67 mingdan ziyod avtomobil jarima maydonchasiga qo‘yildi;
- uch mingdan ortiq haydovchi mast holatda avtomobil boshqargani aniqlangan;
- 1,9 ming holatda huquq-tartibot organlariga bo‘ysunmaslik holatlari aniqlangan;
- 700 dan ortiq noqonuniy sirena va migalka o‘rnatish holatlari aniqlangan;
- 48 mingdan ortiq haydovchi hujjatlarsiz transport boshqargan.
Bundan tashqari, 17 mingdan ortiq fuqaro yonida xavfli kesuvchi predmet olib yurgani aniqlangan. 100 dan ortiq shaxs jinoyat sodir etib, qidiruvda bo‘lgan holda qo‘lga olingan. 10 mingdan ortiq fuqaro mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortilgan.