BannerMobile banner
Yangiliklar

Bugun O‘zbekistonda metan zapravkalar 6 soat ishlaydi

02.02.2026 / 06:36

Farg‘ona tomonlarda zapravkalar ish vaqti gaz bosimiga qarab belgilanadi.

Blog image

Bugun O‘zbekistonda metan zapravkalari cheklangan tartibda faoliyat yuritadi. Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2-fevral, dushanba kunidan boshlab metan zapravkalari soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi.


Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa zapravkalar ish vaqti gaz bosimiga qarab, mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.


Ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika va jamoat transporti uchun gaz ta’minoti barqaror va cheklovlarsiz ta’minlanishi ma’lum qilindi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner