Volkswagen Sagitar S taqdim etildi
28.01.2026 / 11:20Yangi dizayn, zamonaviy salon va 1,5 litrli dvigatellar bilan sedan.

Xitoyda yangi Volkswagen Sagitar S sedani rasman namoyish etildi. U o‘lchamlari bo‘yicha Volkswagen Jetta’ga yaqin model hisoblanadi, biroq kuzov va salon dizayni to‘liq yangilangan.

Yangi sedan o‘lchamlari 4 702 × 1 815 × 1 484 mm, g‘ildirak bazasi esa 2 688 mm. Sagitar L modeliga nisbatan Sagitar S 110 mm qisqaroq, o‘qlar orasidagi masofa esa 43 mmga kamaygan.
Sagitar S saloni ikki rangli uslubda bezatilgan. Multimedia tizimi 12,9 dyuymli ekran bilan jihozlangan, raqamli asboblar paneli esa 10 dyuymli displeyga ega. Shuningdek, jismoniy tugmalarga ega ko‘p funksiyali rul va 30 xil rangdagi atmosfera yoritgichi mavjud.

Sagitar S ikki xil kuch agregati bilan taklif etiladi. Bazaviy versiyada 1,5 litrli atmosfera dvigateli klassik 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ishlaydi. Muqobil variant sifatida 1,5 litrli EVO2 turbomotori mavjud bo‘lib, u 7 pog‘onali ikki muftali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan juftlangan. Dvigatellarning quvvati hozircha oshkor etilmagan.







