BannerMobile banner
Yangiliklar

Mercedes-Benz elektromobillardan rulni olib tashlab, o‘rniga shturval o‘rnatadi

30.04.2025 / 07:33

Steer-by-Wire tizimini joriy etish 2026-yilda kutilmoqda

Blog image

Mercedes-Benz EQS elektr sedanini yangilashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.


Asosiy o‘zgarishlardan biri bu Steer-by-Wire tizimiga o‘tish bo‘ladi, bunda rul boshqaruvi mexanik tarzda emas, balki elektron signal orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, klassik rul g‘ildiragi yo‘qoladi – uning o‘rniga ba’zi Tesla va Lexus modellarida bo‘lgani kabi qisqartirilgan shturval paydo bo‘ladi.


Shuningdek, tizim turli haydash rejimlariga moslasha olishi ta’kidlangan: yuqori tezlikda rul og‘irlashadi, to‘xtashda esa manevr qilishni yengillashtiradi. EQS’ning orqa o‘qi oldingidek 10 darajagacha burilishi mumkin, bu esa tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.


Steer-by-Wire tizimini joriy etish 2026-yilda kutilmoqda. Hozircha haydovchilar uchun bunday yangi turdagi rulni boshqarish qay darajada qulay bo‘lishi va bu umumiy xavfsizlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi ochiq qolmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner