BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda 50 yildan eski avtomobillar taqiqlanadi

22.01.2026 / 10:47

2026 yil 1 fevraldan boshlab 50 yildan eski avtomobillardan foydalanish cheklanadi, 87,6 mingta transport vositasi yangi tartibga tushadi.

Blog image

O‘zbekistonda 2026 yil 1 fevraldan boshlab yoshi 50 yil va undan oshgan avtomobillarni ekspluatatsiya qilish taqiqlanadi. Yangi tartib 87,6 mingta transport vositasiga taalluqli bo‘lib, ular hisobdan chiqarilishi yoki antikvar avtomobil sifatida rasmiylashtirilishi lozim.

2026 yil 20 yanvardagi 11-sonli hukumat qaroriga muvofiq, 50 yil va undan avval ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanish hamda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi. Tarixiy qiymatga ega transport vositalari uchun alohida seriyadagi “antikvar” davlat raqamlari joriy etiladi.

Mazkur qaror yo‘l harakati xavfsizligini oshirish va ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan. U 2025 yil 9 iyul kuni yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilingan videoselektor yig‘ilishi bayonnomasiga asoslanadi.

Shuningdek, O‘zbekistonda avtomobillar ekspluatatsiyasini ekologik zonalar orqali cheklash va Euro-5 standartidan past avtomobillarga bosqichma-bosqich cheklovlar joriy etish rejalari ham ilgari surilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner