BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda import avtomobillar uchun ekologik sertifikat bekor qilindi

22.09.2025 / 12:34

Elektromobillar ekologik tekshiruvdan ozod etiladi.

Blog image

O‘zbekiston hukumati yangi avtomobillarni olib kirish tartibini soddalashtirdi. Endilikda mamlakatga import qilinadigan yengil (M toifasi) va yuk (N toifasi) avtomobillar uchun alohida ekologik sertifikat olish shart emas.


19-sentabr 2025-yilda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 597-sonli qaroriga ko‘ra, avtomobil ekologik talablarga mosligi ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan “Moslik sertifikati” yoki “Transport vositasi turi tasdig‘i” orqali belgilanadi.


Evro-4 dan past avtomobillarni import qilish taqiqlanadi. Avtomobil ekologik sinfi kamida “Evro-4” bo‘lishi shart. Importyor quyidagi hujjatlardan birini taqdim etishi mumkin:


  • avtomobil ishlab chiqaruvchisining rasmiy xati;
  • ishlab chiqaruvchi mamlakatda “Evro-4” dan past avtomobillarni ishlab chiqarish taqiqlanganini ko‘rsatuvchi hujjat;
  • boshqa texnik hujjatlar, ekologik sinfga moslikni tasdiqlovchi sertifikatlar.


Elektromobillar ekologik tekshiruvdan ozod etiladi. Gibrid avtomobillar esa umumiy ekologik talablar bo‘yicha baholanadi, agar ichki yonuv dvigateli to‘g‘ridan-to‘g‘ri g‘ildiraklarga ulanadigan bo‘lsa.


Shu tariqa, 2020-yil 30-yanvarda (50-son qaror) joriy etilgan majburiy ekologik sertifikatlash tizimi o‘z kuchini yo‘qotdi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner