O'zbekistonda 2025-yilda qaysi avtomobilga talab yuqori bo‘ldi
24.09.2025 / 06:43Umumiy koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23,9 ming donaga yoki 9,2 foizga koʻpaygan.

Oʻzbekistonda 2025 yilning yanvar-avgust oylarida 284 352 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Umumiy koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23,9 ming donaga yoki 9,2 foizga koʻpaygan.
Rusumlar boʻyicha ishlab chiqarish soni quyidagicha taqsimlangan:
- Chevrolet Cobalt — 99 013 dona;
- Chevrolet Damas — 57 882 dona;
- Chevrolet Tracker — 29 930 dona;
- Chevrolet Onix — 20 241 dona;
- KIA — 17 166 dona;
- Chery — 5 909 dona;
- Haval — 5 303 dona;
- BYD — 12 930 dona;
- Tank 500 — 42 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar — 35 936 dona.
Maʼlumotlarga koʻra, bozorda yetakchilikni saqlab qolayotgan model — Chevrolet Cobalt. Shu bilan birga, Chevrolet Tracker ham eng koʻp ishlab chiqarilgan modellardan biri boʻlib, 8 oy ichida deyarli 30 ming dona avtomobil yigʻilgan.