BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda Chevrolet Tahoe High Country sotuvi boshlandi

11.09.2025 / 10:21

Narxi joriy kurs bo‘yicha $118 461 ni tashkil etadi.

Blog image

Chevrolet Tahoe High Country 2025 — Amerikaning to‘liq o‘lchamli, premium darajadagi SUV bo‘lib, O‘zbekistonda savdoga chiqdi. Bu model O‘zbekiston avtomobil bozorida eng hashamatli Chevrolet SUV sifatida taqdim etilmoqda.


High Country versiyasi 6.2 litrli V8 benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Dynamic Fuel Management texnologiyasi tufayli dvigatel 420 ot kuchi va 623 N·m burilish momenti ishlab chiqaradi. Model to‘liq uzatma (4WD) va 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan keladi.


Shahar sharoitida yoqilg‘i sarfi o‘rtacha 17 litrni tashkil etadi. Yoqilg‘i tejamkorligi uchun dvigatel kam yuklamada ayrim silindrlarni avtomatik ravishda o‘chiradi. Dvigatel atmosferali bo‘lgani uchun istalgan hollarda gaz-ballon uskunasi ham o‘rnatish mumkin.


Salon dizayni yuqori sifatli tabiiy charm va yog‘och elementlari bilan bezatilgan.


Chevrolet Tahoe High Country narxi — 1 464 500 000 so‘m (joriy kurs bo‘yicha $118 461).

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner