O‘zbekistonda metan narxi oshishi arafasida propan ham qimmatlashdi
30.04.2025 / 19:0029-aprelda propan — 6,01 mln so‘mga yetdi.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning ogohlantirganidek, O‘zbekistonda propan narxi metan tariflari oshishidan bir hafta oldin keskin ko‘tarildi.
22-aprel kuni bir tonna propan — 5,27 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 29-aprelda — 6,01 mln so‘mga yetdi — o‘sish — 14,2% ni tashkil etdi.
Bakirovga ko‘ra, bu holat 2024-yildagi vaziyatni eslatadi. O‘shanda metan 20% qimmatlashganidan so‘ng, benzin — 34%, propan esa ikki barobarga ko‘tarilgan edi. Ayni vaqtda metan narxi 1-maydan — 39% ga oshadi.
Mutaxassislar narxlar yana sun’iy oshirilishi mumkinligini aytmoqda va haydovchilarga yoqilg‘ini zaxiralab qo‘yishni tavsiya qilmoqda.