BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkentda elektromobillar uchun ultra-tez quvvatlash stansiyasi ishga tushdi

10.04.2025 / 07:43

Mazkur tashabbus “yashil” texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Blog image

2025-yil 7-aprel kuni IT Park hududida elektromobillar uchun yuqori kuchlanishli ultra-tez quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi. Bu loyiha ekologik texnologiyalarni kengaytirish va elektr transport vositalari uchun qulay infratuzilma yaratish maqsadida amalga oshirildi.


Yangi stansiya qisqa vaqt ichida avtomobillarni to‘liq quvvatlash imkonini beradi. Qurilmalar maxsus sovitish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, uzluksiz va xavfsiz ishlashni ta'minlaydi.


Mazkur tashabbus “yashil” texnologiyalarni rivojlantirish va foydalanuvchilarga zamonaviy quvvatlash imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner