Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima ballari
21.02.2025 / 11:0412 balldan oshganda esa haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.

Yangi qonunga ko‘ra, qoidabuzarliklar uchun haydovchilarga E-jarimaball tizimi orqali jarima ballari beriladi. Ballar bir yil davomida hisoblanib boradi. Agar haydovchi 8 ball to‘plasa, SMS-xabarnoma orqali ogohlantiriladi. 12 balldan oshganda esa haydovchilik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
Qoidabuzarliklar uchun necha ball beriladi?
- qizil chiroqda harakatlanish – 2 ball;
- noto‘g‘ri quvib o‘tish – 1,5 ball;
- tezlikni oshirish – 0,5 dan 2 ballgacha;
- tonirovka – 1-2 ball.