BannerMobile banner
Yangiliklar

Senat avtobus yo‘laklari va trotuarlarda harakatlanganlik uchun jarimalarni joriy etdi

18.03.2025 / 06:32

Bir yil ichida takroriy qoida buzish – 1,125 mln so‘m (3 BHM) jarimaga tortiladi.

Blog image

Oliy Majlis Senati jamoat transportiga ajratilgan "A" yo‘laklari va trotuarlar bo‘ylab harakatlanish uchun jarimalarni belgilovchi yangi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati ma’lum qildi.


Jarimalar miqdori:

- birinchi marta qoida buzish – 375 ming so‘m (1 BHM) jarima;

- bir yil ichida takroriy qoida buzish – 1,125 mln so‘m (3 BHM) jarima.


Dastlabki loyihada jarimalar yuqoriroq bo‘lib, deputatlar yanvar oyida ularni kamaytirish haqida qaror chiqargan edi. Endi qonun prezident tomonidan imzolangandan so‘ng rasman kuchga kiradi.


Qonun nimalarni o‘z ichiga oladi?

- jamoat transporti yo‘laklariga chiqish – avtobus va marshrutkalar uchun mo‘ljallangan “A” yo‘laklarida harakatlanish taqiqlanadi;

- trotuar, velosiped yo‘laklari va yashil hududlarda yurish – bunday qonunbuzarliklar uchun ham jarimalar belgilanadi;

- yo‘l belgilari va qoidalarini buzish – belgilangan tartibga rioya qilmagan haydovchilarga chora ko‘riladi.


Senatorlar ushbu qonunning qabul qilinishini jamoat transportining samaradorligini oshirish, tirbandliklarni kamaytirish va piyodalarning xavfsizligini ta’minlash bilan izohlashmoqda.


Qonun kuchga kirishi bilan Toshkent va boshqa yirik shaharlarning jamoat transporti harakatlanish sharoitlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatilishi kutilmoqda.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner