Toshkentda Qo‘yliq bozori yaqinida yangi yo‘l o‘tkazgichlar qurib bitkazildi
23.03.2025 / 09:32Loyiha doirasida ikkita yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etildiю

Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi va Bektemir shossesini bog‘lovchi yangi yordamchi yo‘l o‘tkazgichlarning qurilishi yakunlandi.
Loyiha doirasida:
- ikkita yangi yo‘l o‘tkazgich barpo etildi;
- yerosti piyodalar o‘tish yo‘lagi uzaytirilib, modernizatsiya qilindi;
- 57 350 m² asfalt yotqizildi;
- 178 ta yoritish ustuni o‘rnatildi;
- 15 000 m² piyodalar yo‘laklari barpo etildi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida yo‘lning o‘tkazuvchanlik hajmi kuniga 10 ming avtomobilgacha oshdi, bu esa avvalgi ko‘rsatkichdan 20% ko‘proq.