Toshkentning bir ko‘chasi ta’mirlash sababli yopildi
18.03.2025 / 06:08Shu ko'chada keng ko‘lamli yo‘l ta’mirlash ishlarini boshlangan.

Yangi Hayot tumanidagi Sholikor ko‘chasining bir qismi vaqtincha harakat uchun yopildi. Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, mutaxassislar keng ko‘lamli yo‘l ta’mirlash ishlarini boshlab yuborishgan.
Shu sababli 17-mart soat 10:00 dan 19-mart soat 17:00 gacha ushbu yo‘lak bo‘ylab transport harakati cheklanadi.
Avtomobil haydovchilariga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etilmoqda.