BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda 100 ta xonadonga 58 ta avtomobil to‘g‘ri kelmoqda

24.03.2025 / 10:08

2010-yilda har 100 ta uy xo‘jaligiga atigi — 21 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan

Blog image

O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni yildan-yilga ortib bormoqda.


Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 58 taga yetgan. Solishtirish uchun, 2010-yilda har 100 ta uy xo‘jaligiga atigi — 21 ta avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2015-yilda bu raqam — 42 ta, 2020-yilda esa 49 ta, 2024-yil esa – 58 tani tashkil etdi.


Bunday o‘sish aholining avtomobillarga bo‘lgan talabining ortishi, ishlab chiqarish hajmining kengayishi va turmush darajasining yaxshilanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Avtomobillashish jarayoni urbanizatsiya va yo‘l infratuzilmasining rivojlanishi bilan ham bog‘liq bo‘lib, kelgusi yillarda bu raqam yanada oshishi kutilmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner