Toshkentda «Yangi O'zbekiston» bog'i yaqinida yo'l harakati cheklanadi
09.04.2025 / 13:553-aprel kuni poytaxtda VII Toshkent xalqaro marafoni va «Inson uchun» xayriya yugurishi bo'ladi.

Toshkentda «Yangi O'zbekiston» bog'i yaqinida vaqtincha yo'l harakati cheklanadi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, 13-aprel kuni poytaxtda VII Toshkent xalqaro marafoni va «Inson uchun» xayriya yugurishi bo'lib o'tadi.
Shu munosabat bilan, 13-aprel kuni soat 00:00 dan 16:00 gacha Yangi O'zbekiston ko'chasi va unga tutash ko'chalarda vaqtincha avtomobil harakati cheklanishi belgilangan.