BannerMobile banner
Yangiliklar

Avtomobil ijarasi xizmatlariga katta majburiyat yuklatildi

20.05.2025 / 08:36

Mashinalarni voyaga yetmaganlarga bermaslik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida yozma tilxatlar olindi.

Blog image

Toshkent shahrida avtomobil ijarasi xizmatlari endilikda avtomobillarni maktab o‘quvchilariga ijaraga bermasligi shart


19-may kuni poytaxt IIBB rahbariyati Rent-car kompaniyalari vakillari va to‘y tadbirlariga xizmat ko‘rsatadigan avtopark rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.


Uchrashuvda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralari muhokama qilindi. Ayniqsa, 24-may kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari oldidan voyaga yetmaganlar, xususan, maktab o‘quvchilariga mashina berilishining oldini olishga alohida e’tibor qaratildi.


Uchrashuv ishtirokchilaridan mashinalarni voyaga yetmaganlarga bermaslik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish to‘g‘risida yozma tilxatlar olindi.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner