Retro uslubdagi zamonaviy Toyota Corolla 2026 taqdim etildi
07.05.2025 / 06:04Model atigi 1 600 dona bilan cheklangan hajmda ishlab chiqariladi.
_149.jpg)
Toyota 2026-yilgi Corolla FX modelini taqdim etdi. Bu yangi xetcbek mashhur Corolla FX16 (1987-yilgi model) dan ilhomlangan bo‘lib, retro va zamonaviy dizaynni o‘zida uyg‘unlashtirgan.
Yangi Corolla 18 dyuymli oq disklar, qora orqa spoyler (antikrilo) va bagaj qopqog‘idagi retro logotipi bilan ajralib turadi. Texnik jihatdan u odatiy Corolla versiyasi bilan bir xil — 2,0 litrli, 169 ot kuchiga ega dvigatel va variatorli uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.
Salon ichida sport uslubidagi zamshli joylar, to‘q sariq tikuvlar, yetti dyuymli raqamli panel, sakkiz dyuymli multimedia ekrani, simsiz quvvatlash va Toyota Safety Sense 3.0 xavfsizlik tizimi mavjud.
Model atigi 1 600 dona bilan cheklangan hajmda ishlab chiqariladi. Narxi hozircha e’lon qilinmagan, biroq 2025-yilgi Corolla SE xetcbekining boshlang‘ich narxi — $23 780 ni tashkil etadi.