Xitoyliklar ichki bozor uchun yangi BMW X3 ishlab chiqara boshlashdi
09.01.2025 / 06:50Odatiy BMW X3 dan 110 mm uzunroq bo'ladi.

BMW X3 ning yangi G48 kuzovidagi versiyasi Xitoydagi BMW Brilliance zavodida seriyali ishlab chiqarila boshlandi.
Bu model faqat Xitoy bozori uchun maxsus bo‘lib, Yevropa yoki AQShda sotilmaydi. Xitoy uchun mo‘ljallangan BMW X3 uzunroq va kengroq: uning uzunligi 4 865 mm, kengligi 1 920 mm, g‘ildiraklar bazasi esa 2 975 mm.
Bu odatiy BMW X3 dan 110 mm uzunroq va BMW X5 bilan teng o‘lchamdagi g‘ildiraklar bazasiga ega.
Hozircha Xitoyda faqat BMW X3 30Li modeli taqdim etilgan. U 2,0 litrli, 287 ot kuchiga ega benzin dvigatel va sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Kelgusida modelning boshqa versiyalari ham chiqarilishi kutilmoqda.