BannerMobile banner
Yangiliklar

Toshkentda O‘zbekiston ovozi ko‘chasining yana bir qismi rekonstruksiya uchun yopiladi

27.03.2025 / 07:48

Loyiha o‘tgan yili boshlangan edi.

Blog image

Toshkent shahrida O‘zbekiston ovozi ko‘chasining Shastri va Yahyo G‘ulomov ko‘chalari orasidagi qismi rekonstruksiya sababli 27-mart soat 07:00 dan 30-aprelgacha yopiladi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyati ma’lum qildi.


Loyiha o‘tgan yili boshlangan bo‘lib, hozirgacha 64-maktab va Le Grande Plaza mehmonxonasi oldidagi qism yangilandi. Ko‘chani zamonaviy shaharlashuv standartlariga moslashtirish rejalashtirilgan.


Rekonstruksiya doirasida piyodalar yo‘laklari kengaytiriladi, yo‘l toraytiriladi va avtomobillar tezligini pasaytirish uchun maxsus qoplama yotqiziladi. Shuningdek, yangi daraxt va butalar ekilishi ko‘zda tutilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner