BannerMobile banner
Yangiliklar

Yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 700 so‘mga oshadi

25.03.2025 / 10:21

Metan yoqilg‘i — 700 so‘mga qimmatlashadi.

Blog image

O‘zbekistonda 1-apreldan boshlab gaz, benzin va elektr energiyasi tariflari hamda aksiz soliqlari oshiriladi. Eng katta narx oshishi metan yoqilg‘i quyish shoxobchalari uchun bo‘ladi.


1-apreldan boshlab, AGNKC (avtomobillarga gaz quyish kompressor stansiyalari) uchun gaz narxi 38,8% ga oshib, 1 kubometri 1 800 so‘mdan 2 500 so‘mga ko‘tariladi. 


Metan yoqilg‘i — 700 so‘mga qimmatlashadi: AGNKC uchun gaz 2 500 so‘mga ko‘tariladi, shuningdek, har bir kubometr uchun aksiz solig‘i — 72 so‘mga oshadi.


Natijada, metan yoqilg‘i narxi 4 722 so‘mgacha yetishi mumkin. Gaz narxidan tashqari, elektr energiyasi tariflari ham oshadi – aholi uchun ikki baravar, quvvatlash stansiyalari uchun esa har bir kVt⋅soatga 100 so‘m qo‘shiladi.


Propan ham qimmatlashadi: propan gaziga aksiz solig‘i har bir litr uchun 49 so‘mga oshadi, bu esa suyuq gaz narxining ham oshishiga olib keladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner