Yangilangan Chevrolet Trax: eng kerakli ma’lumotlar
03.02.2025 / 06:02Chevrolet Traxning narxi - $21 495 ni tashkil etadi.

General Motors Chevrolet Trax 2026 modelining ishlab chiqarilishi 2025-yil 7-iyulda boshlanishini tasdiqladi.
Dilerlar esa buyurtmalarni 15-maydan rasmiylashtirishlari mumkin bo‘ladi . 2025-yilgi model bilan solishtirganda sezilarli o‘zgarishlar kutilmayapti, ammo bu ixcham krossover 2025-yildagi eng arzon yangi avtomobillardan biri bo‘lib qolmoqda.
Model ikki yangi kuzov rangini taklif qiladi – Cypress Gray va Marina Blue Metallic. Shuningdek, 1,2 litrli turbo dvigatel I3 saqlanib qoladi, u E85 yoqilg‘isida ishlaydi. Dvigatel quvvati — 137 ot kuchi, aylanish momenti esa — 162 Nm ni tashkil qiladi.
Chevrolet Trax yosh haydovchilar uchun eng yaxshi avtomobillardan biri bo‘lib qolmoqda. Buning asosiy sababi uning narxida - $21 495. Model Janubiy Koreyadagi GM zavodida ishlab chiqariladi. Uning ixcham o‘lchamlari va tejamkor yonilg‘i sarfi uni shahar uchun eng yaxshi avtomobil izlayotganlar uchun jozibador variantga aylantiradi.