Cobalt ishlab chiqarish 21% ga oshdi
26.03.2025 / 08:592023-yilning shu ikki oyida esa — 7,6 mingta Cobalt ishlab chiqarilgan.

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-fevral oylarida 19,4 ming dona Cobalt avtomobili ishlab chiqarildi, Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 21,1% ga yuqori.
2023-yilning shu ikki oyida esa — 7,6 mingta Cobalt ishlab chiqarilgan edi.
Shuningdek, joriy yilning dastlabki ikki oyida — 12,9 mingta Damas avtomobili ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 10% o‘sishni anglatadi.
Onix modeli ishlab chiqarilishi esa yil davomida 5,3 mingdan 6,7 ming donagacha oshgan.