Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun ikki mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi
21.05.2025 / 08:01Infratuzilma o‘zgarishlari yo‘llarda xavfsizlik darajasini oshiradi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov yo‘l harakati xavfsizligini oshirishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, poytaxtda tegishli infratuzilma ishlarini amalga oshirish uchun ikki mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ ajratiladi.
Qarorga muvofiq: 1 mlrd 456 mln so‘m — shahar ko‘chalari bo‘ylab 5,6 km uzunlikdagi metall to‘siqlar o‘rnatish uchun yo‘naltiriladi. Bu choralar piyodalar ishtirokidagi YTHlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.
588 mln so‘m esa 42 ta ko'tarilgan piyodalar o‘tish joyi tashkil etishga sarflanadi. Ushbu infratuzilma o‘zgarishlari yo‘llarda xavfsizlik darajasini oshirib, haydovchi va piyodalar uchun qulayroq muhit yaratishga xizmat qiladi.