Import avtomobillar jarimaga sabab bo‘lyaptimi
06.05.2025 / 10:01Avtomobilni faqat rasmiy dilerlar orqali xarid qiling.

O‘zbekiston bozorida import avtomobillarining soni o‘sib borayotgan bir paytda, ular bilan bog‘liq bojxona rasmiylashtiruvi jarayonidagi kechikishlar va asossiz jarimalar masalasi dolzarb bo‘lib turibdi.
Telegram kanallarida va ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzu atrofida jiddiy munozaralar boshlandi. Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar fuqarolarni noxush holatlarga olib kelmoqda va bu jarimaga sabab bo‘lishi mumkin. Aynan shu nuqtada, avtomobilni rasmiy dilerlardan sotib olishning afzalliklari o‘z o‘rnini topmoqda.
Rasmiy dilerlar orqali xarid qiling — xavfsizlik va huquqiy kafolat!
UzTest rasmiy dilerlardan sotib olingan avtomobillar O‘zbekistonning barcha texnik va huquqiy talablariga javob beradi. Rasmiy dilerlar tomonidan taqdim etilgan transport vositalari xavfsizlik sertifikatlariga ega va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun doirasida kafolatlanadi. Rasmiy dilerlar avtomobillarga kafolat berib, sifat uchun javobgar bo‘ladi.
O‘zingiz olib kirgan avtomobil uchun javobgarlik sizda bo‘ladi!
Agar avtomobilni o‘zingiz mustaqil ravishda import qilgan bo‘lsangiz, uning bojxona rasmiylashtiruvi yoki texnik talablariga mos kelmasligi oqibatida yuzaga kelgan har qanday muammo va xavf sizning zimmangizda qoladi. Rasmiy organlar bunday holatda hech qanday javobgarlikka tortilmaydi.
UzTestning tavsiyasi: avtomobilni faqat rasmiy dilerlar orqali xarid qiling, chunki bu sizni huquqiy muammolardan, ortiqcha xarajatlardan va boji-kechikishlardan asraydi.
Sifatli va xavfsiz avtomobil — bu nafaqat qulaylik, balki oilangiz hayotini himoya qilishning muhim kafolatidir.