BannerMobile banner
Yangiliklar

Ayollar yilning eng yaxshi avtomobilini tanladi

07.03.2025 / 10:22

82 ta mamlakatdan 55 nafar ayol ekspert ishtirok etgan tanlovda Santa Fe yuqori baholandi.

Blog image

Jahon miqyosidagi ayol avtomobil jurnalistlari o‘nlab mashinalarni sinovdan o‘tkazib, 2025-yilning eng yaxshi avtomobili sifatida Hyundai Santa Fe krossoverini tanladilar. G‘olib Women’s Worldwide Car of the Year (WWCOTY) mukofoti YouTube-kanalida e’lon qilindi.


82 ta mamlakatdan 55 nafar ayol ekspert ishtirok etgan tanlovda Santa Fe yuqori baholandi. U keng salon, yuqori yurish sifati, narx va sifatning ajoyib uyg‘unligi, shuningdek, innovatsion dizayni bilan e’tiborga tushdi. Hyundai Santa Fe Nyu-Meksiko shtatidagi shahar nomidan ilhomlanib nomlangan. Beshinchi avlod modeli 2023-yil 17-iyulda e’lon qilinib, 10-avgustda rasman taqdim etilgan.


Boshqa nominatsiyalar g‘oliblari:


- eng yaxshi shahar avtomobili – MINI Cooper;

- eng yaxshi ixcham SUV – Kia EV3;

- eng yaxshi katta avtomobil – Audi A6 e-tron;

- eng yaxshi katta SUV – Hyundai Santa Fe;

- eng yaxshi yo‘ltanlamas va pikap – Toyota Land Cruiser;

- eng yaxshi hashamatli va yuqori unumli avtomobil – Porsche Panamera.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner