BannerMobile banner
Yangiliklar

Xitoy mashinalari O‘zbekiston bozorini egallayapti(mi?)

07.05.2025 / 06:10

O‘zbekistonga 6 950 dona yengil avtomobil import qilingan.

Blog image

Milliy statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 6 950 dona yengil avtomobil import qilingan. Ushbu mashinalarning umumiy qiymati — $115,1 mlnni tashkil etdi.


Importning asosiy qismini Xitoy avtomobillari egallagan — 5 235 dona transport vositasi bilan bu davlat birinchi o‘ringa chiqqan. Keyingi o‘rinlarda esa — Koreya (1 425 dona) va Hindiston (144 dona) turibdi. 


Yaponiyadan 77 dona, AQSHdan esa — 18 dona mashina olib kirilgan. Boshqa davlatlar hissasiga — 51 dona avtomobil to‘g‘ri kelgan.


Bu statistika O‘zbekiston avtomobil bozorida Xitoy mashinalarining tobora kuchayib borayotgan mavqeini ko‘rsatmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner