Haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari
07.02.2025 / 05:28Imtihonlarni qayta topshirish uchun alohida to'lov bo'ladi.

Hozirda O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun quyidagi xarajatlar talab etiladi:
- tibbiy ma’lumotnoma (0.83 shakl) – 300 ming so‘m;
- avtomaktabda o‘qish – 7 mln so‘m;
- imtihon topshirish – 2 mln so‘m;
- guvohnoma olish (Davlat xizmatlari markazida) – 330 ming so‘m.
Jami: 9,6 mln so‘m, agar imtihonlarni birinchi urinishda topshirsangiz va qayta topshirish uchun qo‘shimcha to‘lov qilmasangiz.