BMW yangilangan M2 CS'ni taqdim etdi
28.05.2025 / 11:39Avtomobilni maksimal quvvati — 530 ot kuchi.

BMW 2025-yil uchun yangilangan M2 CS modelini taqdim etdi, xabar beradi Car and Driver. Bu avtomobil 530 ot kuchiga ega bo‘lgan kuchli dvigatel va orqa g‘ildirakdan harakatlanish tizimi bilan jihozlangan.
Modelning yurak qismi sifatida M3 va M4 Competition’dan tanish bo‘lgan kuch qurilmasi o‘rnatilgan. Bu agregat M2 CS’ga 3,8 soniyada 0 dan 100 km/soatgacha tezlashish imkonini beradi. Maksimal tezligi — 302 km/soat.
Texnik jihatdan avtomobil sakkiz pog‘onali avtomat uzatma, pastlashtirilgan osma tizimi va yuqori yuklamalarga chidamli disklar bilan ta’minlangan. Kuzovda esa vaznni kamaytirish va aerodinamikani yaxshilash maqsadida karbonli detallar keng qo‘llanilgan — tom, oldgi spoyler, orqa diffuzor hamda bagaj qopqog‘i.
Yevropa bozorida avtomobilning boshlang‘ich narxi $130 mingdan boshlanadi. M2 CS cheklangan miqdorda ishlab chiqariladi va avtobrend uni seriyali emas, maxsus model sifatida taklif qilmoqda.