BMW 5-Series restaylingi uning panjarasi va salonini o‘zgartiradi
29.04.2025 / 08:11Tashqi ko‘rinishda avtomobil yangi “Neue Klasse” dizayn konsepsiyasiga o‘zgaradi.

2027-yilga kelib, BMW 5-Series’ning sakkizinchi avlodi o‘z umrining yarmiga yetadi va shu sababli odatdagidek yangilanadi. Kutilishicha, restayling bu mashhur Bavariya modeliga zamonaviylik ruhini olib kiradi.
Tashqi ko‘rinishda avtomobil yangi “Neue Klasse” dizayn konsepsiyasiga mos holda o‘zgaradi – radiator panjarasi yanada torayadi, LED kunduzgi chiroqlar chaqmoq shaklida chetlarga joylashtiriladi, eshik tutqichlari korpusga butunlay yondosh bo‘ladi, orqa chiroqlar esa yangicha dizaynga ega bo‘ladi.
Salon ichida “Panoramic Vision” deb nomlangan yangi ichki makon paydo bo‘ladi. Unda old oynaning pastki qismida cho‘zilgan raqamli panel va haydovchi hamda yo‘lovchi uchun alohida, noodatiy shakldagi multimedia ekranlari bo‘ladi.
Texnik jihatdan o‘zgarishlar hozircha aniq emas, biroq M5 versiyasida gibrid tizim kuchaytiriladi. U taxminan 800 ot kuchi ishlab chiqaradi (bu hozirgidan 73 ot kuchiga ko‘proq). Bu ko‘rsatkich hali taqdim etilmagan Mercedes-AMG E63S uchun jiddiy raqobat yaratadi.







