Lada O‘zbekistonga qaytishni rejalashtirmoqda
22.04.2025 / 07:03Avvalroq Lada avtomobillari O‘zbekistonda ADM Jizzax zavodida yig‘ilgan edi.

Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya rahbari Maksim Sokolov TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston bozoriga Lada Granta bilan bir qatorda yangi model — Lada Iskra ham taklif etilishi kutilmoqda. Iskra ishlab chiqarilishi 2025-yil 19-aprel kuni Tolyatti shahrida boshlangan va u yaqin kelajakda Granta modelini asta-sekin o‘rnini bosadi.
Avvalroq Lada avtomobillari O‘zbekistonda ADM Jizzax zavodida yig‘ilgan edi. Biroq 2022-yildan keyin xorijiy sanksiyalar sababli ishlab chiqarish vaqtincha to‘xtatilgan.
Endilikda “AvtoVAZ” O‘zbekistonda yana o‘z pozitsiyasini mustahkamlash va avvalgi savdo hajmlariga qaytishni maqsad qilgan. Granta bozorda hali ham talabgir model hisoblanadi, yangi Iskra esa zamonaviy dizayn va texnologiyalar bilan raqobatbardosh bo‘lishi kutilmoqda.