BannerMobile banner
Yangiliklar

Tesla avtopiloti soxta yo‘lni haqiqiy yo‘ldan ajrata olmadi

20.03.2025 / 05:54

Sinovlarda bu yechim tuman, suv oqimi va soxta yo‘l kabi sharoitlarda zaiflik ko‘rsatdi.

Blog image

Tesla elektromobili avtopilot testida kameralarga asoslangan tizim sababli lidarli mashinalardan ortda qoldi. CrunchLabs rahbari Mark Rober o‘tkazgan sinovda Tesla avtopiloti devorga chizilgan yo‘lni haqiqiy deb qabul qilib, harakatlanishda davom etdi.


Tesla kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilardan farqli ravishda avtopilotni faqat kameralar orqali ishlashini ta’minlaydi. Biroq sinovlarda bu yechim tuman, suv oqimi va soxta yo‘l kabi sharoitlarda zaiflik ko‘rsatdi. Lidar bilan jihozlangan raqobatchi mashina esa hech bir testda xatoga yo‘l qo‘ymadi.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner