BannerMobile banner
Yangiliklar

O'zbekistonda sug'urta narxlari oshadi

24.07.2025 / 13:16

Majburiy avtosug‘urta narxlari oshdi, lekin qamrov ikki baravar kengaydi.

Blog image

2026-yil 1-yanvardan boshlab majburiy avtosug‘urta polisasi narxi 192 ming so‘mni tashkil etadi. Sug‘urta qoplamasi esa 40 milliondan 80 million so‘mgacha oshiriladi. Shundan 28 million so‘mgacha bo‘lgan qismi avtomobilni ta’mirlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘ladi.


2026-yil 1-yanvardan boshlab majburiy avtosug‘urta (OSAGO) uchun yangilangan narxlar kuchga kiradi. Yangi tariflar 2025-yil 23-iyulda Vazirlar Mahkamasining 458-son qarori bilan tasdiqlangan.


Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi avtomobillar uchun:


Yengil avtomobillar uchun cheklovli polisa narxi 192 ming so‘mni, cheklovsiz polisa esa 384 ming so‘mni tashkil etadi. Yuk avtomobillariga kelsak, cheklovli polisa 336 ming so‘m, cheklovsiz variant esa 672 ming so‘m deb belgilangan.


Qolgan viloyatlar uchun:


Yengil avtomobillar egalariga cheklovli polisa 160 ming so‘m, cheklovsiz esa 320 ming so‘mga tushadi. Yuk mashinalari uchun esa cheklovli polisa — 280 ming so‘m, cheklovsiz polisa — 560 ming so‘m.


MDH davlatlaridan O‘zbekistonga kirayotgan avtomobillar uchun:


Yengil avtomobil egalari uchun cheklovli polisa — 320 ming so‘m, cheklovsiz — 640 ming so‘m. Yuk avtomobillari uchun esa cheklovli polisa — 560 ming so‘m, cheklovsiz — 1 million 120 ming so‘m qilib belgilangan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner