Zaryad stansiyalarida noqonuniy amaliyot amalga oshirildi
04.04.2025 / 09:03To‘xtash joylari uchun haq olish faqat tegishli litsenziya mavjud bo‘lsa mumkin.

O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi elektrozaryad stansiyalarida avtomobil zaryadlangach, har bir daqiqalik to‘xtab turish uchun to‘lov undirish amaliyoti litsenziyasiz holatda noqonuniy ekanini ma’lum qildi.
Ayrim stansiyalar zaryad tugagach, 10–15 daqiqalik bepul muddatdan so‘ng, har bir daqiqa uchun 400–600 so‘m to‘lov talab qilmoqda. Biroq Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-iyuldagi 213-sonli qaroriga ko‘ra, to‘xtash joylari uchun haq olish faqat tegishli litsenziya mavjud bo‘lsa mumkin.
Asosiy jihatlar:
- zaryad stansiyalarida to‘xtash uchun to‘lov faqat litsenziya bo‘lsa qonuniy hisoblanadi;
- narxlar mahalliy hokimiyatlar belgilagan me’yordan oshmasligi kerak;
Litsenziyasiz to‘lov talab qilish – qonunbuzarlik. Fuqarolar bunday holatlarda — 1159 qisqa raqami orqali Qo‘mitaga murojaat qilishlari mumkin.