BannerMobile banner
Yangiliklar

Avtomobil narxida chiroyli avtoraqam sotildi

06.05.2025 / 10:35

Avtomobil raqami auksionda rekord narxda sotildi.

Blog image

O‘zbekistonda prestijli avtomobil raqami auksionda rekord darajadagi — 422,3 mln so‘mga sotildi.


E’tiborlisi shundaki, ushbu lotning boshlang‘ich narxi atigi — 1,9 mln so‘m bo‘lgan. O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2-may kuni o‘tkazilgan savdolarda jami — 752 ta avtomobil davlat raqami sotilgan. 


Ulardan — 707 tasi jismoniy shaxslarga, 45 tasi esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri keladi. G‘olib xaridorlar raqamlarni rasman rasmiylashtirish va to‘lovni amalga oshirish uchun SBDTga murojaat qilishlari lozim.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner