Mercedes-Benz ikki yangi AMG GLE modelini taqdim etdi
28.11.2024 / 07:14Mercedes-Benz yangilangan AMG GLE liniyasini taqdim etdi.

Mercedes-Benz yangilangan AMG GLE liniyasini taqdim etdi, u nafaqat klassik vnedorojnikni, balki kupe versiyasini ham o‘z ichiga oladi.
Bazaviy modifikatsiya narxi endi — $154 mingdan boshlanadi, , kupe esa — $163 mingga baholanmoqda. Avtomobilning 0-100 km/soat tezlikka erishish vaqti 5,2 soniyadan — 5 soniyaga qisqardi. Kapot ostida uch litrli qatorli olti silindrli dvigatel mavjud bo‘lib, u 48-voltli gibrid tizim bilan ishlaydi.
Ushbu kombinatsiya 435 ot kuchiga teng umumiy quvvatni ta’minlaydi. Avtomobillar o‘ziga xos radiator panjarasi, ko‘p nurlangan LED faralar va sport uslubidagi kuzov elementlariga ega bo‘ldi. Jihozlanishda sozlanadigan ovoz tizimiga ega to‘rtta quvurlik chiqindi tizimi mavjud.
Kuzov o‘lchamlari: 4 937 x 2 015 x 1 782 mm, g‘ildiraklar bazasi – 2 995 mm. Kupe versiyasi o‘lchamlari esa 4 944 x 2 018 x 1 716 mm, bazasi – 2 935 mm.







