Haydovchilik guvohnomasini olish tartibi
20.02.2025 / 08:15Agar nazariy imtihondan o‘ta olmasa, 7 kundan keyin qayta topshiradi.

Haydovchilik guvohnomasini olish xizmati Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari va Davlat xizmatlari markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqaro ariza bilan murojaat qiladi.
Davlat xizmatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 10 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
To‘lovlar quyidagicha belgilanadi:
- nazariy imtihon – BHMning 10%;
- qayta nazariy imtihon – BHMning 15%;
- amaliy imtihon – BHMning 10%;
- qayta amaliy imtihon – BHMning 15%.
Nazariy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ariza beruvchi amaliy imtihonga ruhsat oladi va ikki oy ichida uni topshirishi shart. Agar nazariy imtihondan o‘ta olmasa, 7 kundan keyin qayta topshiradi.
Amaliy imtihon maxsus avtodromda sun’iy intellekt orqali baholanadi. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabgorga milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi. Bu xizmat uchun BHMning 70% miqdorida yig‘im olinadi.