BannerMobile banner
Yangiliklar

Sony va Honda Afeela 1 elektromobilini taqdim etdi

12.03.2025 / 06:27

Afeela 1: minimalistik dizayn va yaxshilangan aerodinamikaga ega.

Blog image

Sony va Honda o‘zining ilk hamkorlikdagi elektromobili Afeela 1 modelini rasman namoyish etdi. Tesla Model S va Mercedes-Benz EQS kabi premium elektromobillar bilan raqobatlasha oladigan ushbu sedan 2025-yilda sotuvga chiqadi.


- Afeela 1 Origin – $89,900;

- Afeela 1 Signature – $102,900.


Afeela 1: minimalistik dizayn va yaxshilangan aerodinamika, panoramik ekranlar bilan jihozlangan zamonaviy interyer, 40 ta sensor (kameralar, radarlar, lidarlar) yordamida xavfsizlik tizimlari, 2+ darajali avtonom haydash (masalan, avtomatik qator almashtirish) tizimiga ega.


Afeela uchun oldindan buyurtmalar 2025-yilda qabul qilinadi va 2026-yilda yetkazib berish boshlanadi. Asosiy bozorlar: AQSh, Yaponiya, keyinchalik Yevropa bo'ladi. Afeela 1 – bu shunchaki avtomobil emas, Sony texnologiyalari bilan jihozlangan kelajak gadjeti sifatida tan olinadi.


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner