O’zbekistonda AI-80 benzin sotuvi to‘xtatildi
02.09.2025 / 12:25AI-80 o‘rnini AI-92 egallaydi.

Uzbekneftegaz AJ 2-sentabrdan boshlab AI-80 benzinini birja savdolarida sotishni to‘xtatdi. Kompaniya o‘rniga yuqori oktanli AI-92 benzinini ko‘proq hajmda taklif qilmoqda.
Agar ilgari bir kunda 1 000 tonna AI-92 savdoga chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich 1 720 tonnaga yetdi. Ichki bozor talabi ortishi sabab kelgusida bu hajmni yana oshirish imkoniyati mavjudligi aytilmoqda.
Shu bilan birga, tadbirkorlar avgust oyida xarid qilgan AI-80 benzini zaxiralardan kelib chiqib, sentabr oyida ularga yetkazib beriladi.